Chirchiq shahrida yoshlar onlayn test sinovidan oʼtishdi.
Xabaringiz bor, Respublikamiz boʼylab keng miqiyosda “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili ostida temir daftarga kiritilgan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʼqitish dasturlari davom etmoqda. Аyni vaqtga qadar mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida oʼqitish dasturlaringing bir necha bosqichlari oʼz nihoyasiga yetkazilib, yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirilgan.
Xususan, Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tashkil etilgan “Tadbirkorlik asoslari” oʼquv kursining 9-guruhini tamomlagan yoshlar onlayn test sinovidan oʼtishdi.
Test jarayonida 22 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Shundan 22 nafari yaʼni 100 % (yuz foiz) koʼrsatgich bilan test sinovidan muvaffaqiyatli oʼtib, imtiyozli kredit olish uchun sertifikatlarni olish imkoniyatini qoʼlga kiritishdi.
Mazkur sertifikatlarga asosan 33 mln soʼmgacha garovsiz kredit olish mumkin.
17.08.2021
14:17