Maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi
Olmazor tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida ishsiz yoshlarni tadbirkorlika oʼqitish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni-kecha Savdo-sanoat palatasi tumani boʼlimi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar uchun tadbirkorlik va biznesni ochish hamda rivojlantirish boʼyicha maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Hozirda 20 nafar yosh boʼlajak tadbirkorlar maxsus oʼquv kurslarida muntazam faol ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, kurs doirasida bank hodimlari hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari yigʼilganlarga maqbul boʼlmoqda.
17.08.2021
14:24