Kitob tumanida navbatdagi sayyor qabul boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 17 avgust kuni Kitob tumani Istirohat bogʼida boʼlib oʼtgan sayyor qabul davomida aholimizning uy-joy taʼmiri va qurilish ishlari bilan bogʼliq masalalari oʼrganildi. Unda tuman hokimi Аlisher Zakirov ham bevosita ishtirok etib, 30 dan ortiq fuqarolarimizning sohaga doir muammolarini koʼrib chiqdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari va joriy holati inobatga olinib, ularga zaruriy qurilish materiallari olib berilishi belgilandi.
Kitob tumani rahbarlari «Sumak» qishlogʼida boʼlishdi.
Kitob tumani hokimi Аlisher Zakirov, tuman IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari, DXX vakillari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, «Shahrisabz-Kitob qorakoʼlchilik klastri» MChJ masʼullari tuman markazidan qariyb 40 km uzoqlikdagi «Tevaboshi» MFYning «Sumak» qishlogʼida boʼlishdi. Bu yerda qishloq ahlining bir necha yillik muammosi hisoblangan yaylov masalasi muhokama qilindi. Аholining fikrlari tinglanib, bu boʼyicha soha xodimlarining oʼrganishlari yakuniga yetganidan keyin soʼnggi xulosa aholi vakillariga maʼlum qilinishiga kelishildi.
18.08.2021
10:22