Muborak tumanida tadbirkorlarning yangi loyihalari oʼrganildi
Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi oʼrinbosari va Muborak tumani hokimi boshchiligidagi rahbarlar tadbirkorlarning yangi loyihalari bilan tanishdi. Tumandagi tadbirkorlar oʼz loyihalari bilan masʼullarni tanishtirdi. Taqdimotda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi tumandagi boʼsh yer uchastkalari va boʼsh turgan binolar yuzasidan maʼlumot berdi.
Taqdim etilgan loyihalarni ishga tushirish orqali aholi bandligi taʼminlanishi koʼzda tutilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar loyihalariga bogʼliq muammolar yuzasidan ham murojaat qilishdi.
18.08.2021
11:17