Kecha Oʼzbekiston Savdo -sanoat palatasi raisi А.Ikrаmov Fransiyaning Oʼzbekistondagi elchixonasining vaqtinchalik ishonchli vakili Bris Rokfey bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakatning investitsiya va savdo sohalarida kelgusi yillardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, Frantsiya ishbilarmon doiralarining Oʼzbekistonga kutilayotgan tashrifi masalalari muhokama qilindi.
18.08.2021
17:14