Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan boʼlib oʼtadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʼrish jarayonlari muhokama qilindi.
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov boshchiligida, rais oʼrinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy tuzilmalar rahbarlari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning yaqin kunlarda tadbirkorlar bilan oʼtkazadigan ochiq muloqotga tayyorgarlik koʼrish, uni yuqori saviyada oʼtkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek hududiy boshqarmalar boshliqlari oʼz maʼruzalarida tashkil etilgan shtab faoliyati, kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal qilish borasida amalga oshirilayotпan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berdilar.
19.08.2021
09:44