Yoshlar uchun maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi
Toshkent shahar Mirzo-Ulugʼbek tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mirzo-Ulugʼbek tuman hokimligi va Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Mirzo-Ulugʼbek tuman boʼlinmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar uchun tadbirkorlik va biznesni ochish hamda rivojlantirish boʼyicha maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Ushbu loyiha asosida yoshlar uchun mutaxassislarning mahorat saboqlari bilan birga kredit, sugʼurta, bojxona, soliq va boshqa mavzularidagi darslari ham tashkil etilgan.
19.08.2021
09:58