Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisining aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʼlib oʼtdi
Joriy yilning 10 avgust kuni Boyovut tumanining Istiqlol maxallasida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisi boshchiligida, tumanning toʼrtta sektor rahbarlari, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi xududiy boshqarmasi va soliq organlari vakillari ishtirokida maxalliy aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Boʼlib oʼtgan uchrashuvda 50 nafar maxalliy aholi xamda 30 nafar tadbirkorlik subʼektlarining turli sohalardagi, jumladan komunal tarmoq, yer ajratilishi, kredit olishda duch kelinayotgan muammolar va soliq imtiyozlari kabi 50 ga yaqin muammolari koʼrib chiqildi. Аholi va tadbirkorlar tomonidan berilgan muammolarning koʼp qismi uchrashuv davomida ijobiy xal etildi.
Tegishliligi boʼyicha yechimi oʼrganishlar va vaqt talab qilinadigan murojaatlarning ijrosi boʼyicha maʼsul mutasaddilarga aniq vaziflar yuklatildi.
19.08.2021
13:37