Qashqadaryo viloyatida Аyollar tadbirkorligiga katta eʼtibor qaratilmoqda
Yangi Oʼzbekistonda shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari yoshlar, xotin-qizlar va aholining turli qatlamlari bilim va koʼnikmalarini islohotlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Ularda tadbirkorlik va biznes koʼnikmalarini shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy oʼsishni taʼminlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgust PQ-4804 sonli «Kambagʼal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʼqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarori qabul qilingan hamda, 2021 yil 27 yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida oʼtkazilgan «Yoshlar bandligini taʼminlash va boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi kengaytirilgan tarzda videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan.
Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida aholi, yoshlar, xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka oʼqitish, yangi ish oʼrinlarini yaratish, kambagʼallikni qisqartirish, viloyatni moliyaviy-iqtisodiy oʼsishi, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarning sonini koʼpaytirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Shahrisabz tuman Hokimlik katta majlislar zalida tashkil etilgan oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 120 nafar xotin-qizlarga sertifikat topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Marosimda Viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Shaxrisabz tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan oʼquv kurslari tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvali asosida tashkillangan boʼlib, ayni jarayonda xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada oshirish, bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash, tadbirkorlik davomida duch kelish mumkin boʼlgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sohasidagi bugungi kun imkoniyatlaridan toʼliq va toʼgʼri foydalanish, oʼz tadbirkorliklarini boshlashlari uchun bilim va koʼnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Qashqadaryo viloyatining boshqa tumanlarida ham «Аyollar daftari»da roʼyxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida roʼyxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashishmoqda.
19.08.2021
17:04