Rossiyaning yirik elektrotexnika jihozlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi
2021 yil 23 avgust kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Rossiyaning yirik elektrotexnika konsernlaridan biri “Ruselprom” vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi boshligʼi Gʼ.Usmanov, “Ruselprom” MChJ direktori oʼrinbosari А.Fedchishin va “Ruselprom” MChJning Oʼzbekistondagi vakili А.Аbriev bilan muloqot oʼtkazildi.
Uchrashuv davomida А.Fedchishin “Ruselprom” MChJ faoliyati va bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, respublikamizda qoʼshma korxona tashkil etish, sanoatning turli tarmoqlari uchun elektrodvigatel va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, qoʼshni davlatlarga mahsulotlar eksportini yoʼlgan qoʼyish hamda mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida toʼxtalib oʼtildi.
Shu bilan birga, ushbu loyihani amalga oshirish va elektrodvigatellar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishda Savdo-sanoat palatasi bilan yaqindan hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning muhokama etilgan yoʼnalishlari doirasida faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
23.08.2021
17:39