Boyovut tumanida sanoat korxonalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlarga qoʼl urilmoqda.
Joriy yilning 17 avgust kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining majlislar zalida Viloyat xokimligi va tumanning toʼrtta sektor raxbarlari boshchiligida, Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi, tijorat banklari xamda Iqtisodiy kompleks xodilari ishtirokida Boyovut tumanida sanoat korxonalarini rivojlantirish yuzasidan ishchi gurux tashkil etildi.
Mahalliy sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantarishga koʼmaklashuvchi yaxlit tizimni yaratish, shuningdek, hududlarning sanoat salohiyatini ooʼirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi PQ-6244-sonli “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilingan boʼlib, unda sanoat korxonalarini rivojlantirishga alohida urgʼu berilgan.
Bundan tashqari joriy yilning 3 avgust kuni Prezident Sh.M.Mirziyoevning 6 oy yakuni va 9 oyda kutilayotgan natijalarga bagʼishlangan video selektorida berilgan topshiriqlarga asosan sanoat koʼrsatgichlar xajmini 40% ga oshirish topshirigʼi berilgan.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda Prezident selektorida berilgan topshiriqlarga asosan viloyat mahalliy sanoatini rivojlantirish masalalari boʼyicha ishchi guruhi tomonidan Boyovut tumanidagi barcha sanoat korxonalarining statistika va soliq organlarida mavjud boʼlgan maʼlumotlari asosida tahlil qilindi va joyiga chiqib oʼrganildi.
24.08.2021
12:41