Qashqadaryo viloyatida Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar
Chiroqchi tumanida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʼyicha manzilli rejalar ishlab chiqilib, uning ijrosiga eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, tumanning 1-sektor hududida «Yoshlar daftari» boʼyicha oʼtkazilgan xatlov natijalariga koʼra, 15 ming 752 nafar yosh ishtirokida soʼrovnoma oʼtkazildi. Mazkur daftarga muqim ish joyiga ega boʼlmagan 1 ming 412 nafar yigit-qiz kiritilgan.
Hozirga qadar band boʼlmagan 755 nafar yoshga 322.5 gektar yer maydonlari dehqonchilik qilish uchun ajratildi.
34 nafari kasb-hunarga, 148 nafari esa tadbirkorlik yoʼnalishida oʼqitilib sertifikat oldi, 257 nafar yigit-qiz esa ish bilan taʼminlandi. 167 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi, 15 nafar tibbiy xizmatga ehtiyoji bor yoshlarga tibbiy yordam va dori darmonlar berildi, 6 nafar yoshlarni bir oylik safarbarlik chaqiruvi shartnoma pullari toʼlab berildi.
1-sektor shtabi hovlisida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida «Koʼkdala» va «Utamayli» mahallasida yashovchi yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga asbob-uskunalar topshirildi.
24.08.2021
15:18