Guliston tumani hokimi va sektor rahbarlari hududlardagi fermerlar bilan uchrashdi
Mamlakatimiz qishloq xoʼjaligi boʼyicha katta salohiyatga ega. Shu bois, keyingi yillarda qishloq xoʼjaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʼljallangan strategiyasi, Qishloq xoʼjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va boshqa tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Maqsad bitta – iqtisodiy foyda koʼrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xoʼjaligi ekinlarini hududlashtirish siyosati, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xoʼjaliklarini yaratish, sabzavot ekinlarini takroriy kuzgi ekish, tomorqa xoʼjaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Tuman hokimi S.Begimqulov va sektor rahbarlari bilan joylarda xududlardagi fermerlar bilan uchrashdi.
Tumandagi soha vakillari bilan uchrashuv samimiy ruhda kechdi.
Tuman hokimi barcha ishlarda birinchi galda tartib intizom, xalollik va poklik bilan xalqimiz faravonligi uchun yelkama-elka turib, tengma-teng mehnat qilinishini taʼkidlab oʼtdi.
Shu bilan birga, S.Begimqulov hudud rahbarlari va fermerlardan har bir hududning oʼziga xosligidan kelib chiqib, oʼzgacha dala madaniyatini shakllantirish borasidagi tashabbuslarni kutib qolishini taʼkidladi.
25.08.2021
09:14