“Andijon tajribasi”ni tatbiq etish boʼyicha uchrashuvlar boʼlib oʼtmoqda
Kitob tumanida “Andijon tajribasi”ni tatbiq etish borasida aholi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashriflari davomida aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirishda mahallabay ishlash tizimining “Andijon tajribasi”ni joriy qilish boʼyicha bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan 24 avgust kuni Kitob tumanidagi “Hoji” MFY da Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari va tuman hokimi mahalla ahli bilan uchrashuv oʼtkazdi. Uchrashuv davomida qishloq aholisining tadbirkorlik orqali oʼz-oʼzini band qilish va shu tariqa ularning xarid quvvatini oshirish yuzasidan bir qator tavsiyalar berib oʼtildi.
Rahbarlar mazkur mahallada quyonchilik sohasi bilan shugʼullanayotgan fuqaro xonadoniga ham tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida tadbirkorning oʼz faoliyatini kengaytirish uchun yer maydoni zarurligi maʼlum qilindi. Unga mazkur jarayonlar onlayn tarzda auksion savdolari orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.
25.08.2021
09:27