Chiroqchi tumanida fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi
Davlat rahbarining Аholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan oʼtkazgan videoselektordagi topshiriqlari ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida Chiroqchi tumani hokimi 1-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolarining murojaatlarini tingladi.
Qabulda 35 nafar fuqarolar salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy bilan taʼminlash, kredit va taʼlim masalalarida bildirgan muammolari tinglanib, ularga ijobiy yechim izlandi.
Qabul davomida 29 nafar fuqarolarning mummolari joyida ijobiy hal etilgan boʼlsa, 6 nafar fuqaroning murojaati tegishliligi boʼyicha masʼul shaxslarga oʼrganish uchun yuklatildi. Аholi marojaatlarini oʼrganishdan koʼzlangan asosiy maqsad odamlarning muammosiga yechim topish, ularga yaqindan yordam berishdir.
25.08.2021
09:36