Nurobod tumanida fuqarolar qabuli oʼtkazildi
Davlat rahbarining Аholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan oʼtkazgan videoselektordagi topshiriqlari ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida joriy yilning 23 avgust kuni Nurobod tumanidagi Mahalla markazida tuman hokimi boshchiligida navbatdagi tadbirkorlar va fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi.
Qabul davomida 30 ga yaqin murojaatlar tinglanib, tushgan murojaatlarni hal qilish boʼyicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va koʼrsatmalar berildi.
25.08.2021
09:44