Qashqadaryoda nodavlat oʼquv markazi oʼz ish faoliyatini boshladi
Bugungi kunda yoshlar bilan tizimli ishlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʼrgatish orqali oʼzini-oʼzi bandligini taʼminlash borasida Gʼuzor tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Gʼuzor tumanida “SUNBULA” kasb-hunar oʼquv markazi ish faoliyatini boshladi.
Markaz ochilishida tuman hokimi ishtirok etdi va yoshlarga kerakli tavsiyalarni berdi.
Markaz rahbari Dilafruz Muxammadievaning taʼkidlashicha, yaqinda muxtaram Prezidentimizning tegishli qarorlariga asosan “SUNBULA LUXE TOURIZM” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklida yoshlar va xotin–qizlarni tadbirkorlik hamda kasb-hunarga oʼrgatish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reestriga kiritilgan.
Xozirgi kunda, “SUNBULA” kasb-hunar oʼquv markazida 20 nafar yoshlar va xotin-kizlar uy hamshiraligi yoʼnalishi boʼyicha sertifikatni qoʼlga kiritgan.
25.08.2021
09:59