Bekobod shahrida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʼqitish davom etmoqda
Bekobod shahrida”Yoshlar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlik asoslari oʼquv kursining 8-guruh yoshlariga mutassaddi tashkilotlar malakali hodimlari tomonidan biznesga yoʼnaltirish boʼyicha darslar muntazam oʼtilmoqda.
Navbatdagi dars davomida Bekobod shahar Davlat Xizmatlari Markazi rahbari U.Mirzaev yoshlarga tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida tushuncha berdi. Dars juda qiziqarli munozaralarga boy tarzda oʼtkazildi.
Darsdan soʼng Bekobod shahar DXM rahbari va SSP Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi shahar boʼlinmasi rahbari yoshlarni Davlat xizmatlari markaziga amaliyotga olib borishdi. Yoshlar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida dars davomida olgan bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamladilar.
25.08.2021
15:09