Tadbirkor faoliyati yuzasidan maxsus press-tur tashkil etildi.
Davlat rahbari tomonidan yaqinda boʼlib oʼtgan uchrashuv chogʼida tadbirkor hamda ishbilarmonlarga alohida ragʼbat va eʼtibor koʼrsatish yuzasidan joylarda rahbarlarga alohida vazifalar belgilab bergan edi.
Mirobod tuman hokimligi tomonidan bu yoʼnalishda harakatlar boshlangan. Jumladan, Savdo sanoat palatasining tuman boʼlimi tomonidan koʼpchilikning eʼtiborini tortgan soha - qoʼyonchilik bilan shugʼullanayotgan tadbirkorning faoliyati yuzasidan maxsus press-tur tashkil etildi.
Toshkent shahar Mirobod tumani Eski otchopar maxallasida yashovchi Mamajanov Xasan quyonchilik bilan shugʼullanib kelmoqda. Tadbirkor oʼz faoliyatini bir juft quyon bilan boshlagani, yillar davomida ushbu soxadagi tajribasi oʼsishi natijasida quyonlarning turini bir nechtaga koʼpaytirgani, ularning aksariyati chet eldan keltirilgani haqida taʼkidlab oʼtdi.
Xozirgi kunda ushbu sohadagi bilim va tajribalarini tadbirkor oʼz ijtimoiy tarmoqlarida obunachilar bilan boʼlishadi. Suxbat doirasida tadbirkor bir nechta nasldor quyonlar xaqida qisqacha maʼlumot berdi. Masalan: “Satin” nasliga mansub quyon Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan boʼlib, bir yilda toʼrt marta toʼrtadan nasl olinib asosan teri va goʼsht maxsulotlari yoʼnalishlarida parvarishlanadi.
Mamajanov Xasan kelajakda quyonchilik yoʼnalishini rivojlantirish maqsadida “Oʼzbekiston quyonchilari” klubini ochishni maqsad qilgan. Ushbu rejalarini amalga oshirish uchun Savdo-sanoat palatasi Mirobod tuman boʼlimi amaliy yordam berishi taʼkidlandi.
25.08.2021
16:41