Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan yangi korxonalar tashkil etilmoqda
«Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» munosabati bilan Qarshi shahrida tadbirkorlar tomonidan 2 ta yangi korxona tashkil etilish arafasida.
Qarshi shahar hokimi tashkil etilayotgan «Gungon» mahallasi hududida joylashgan “Uz Shoes”MChJ tomonidan tashkil etilayotgan poyabzal ishlab chiqarish qoʼshma korxonasi va “ Safe Collektion” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan ayolar va erkaklar hamda bolalar kiyimlarni ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar bilan tanishib chiqdi.
Hozirda tadbirkorlar korxonaning ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Shahar hokimi tayyorgarlik jarayonlarini koʼzdan kechirib muammo va kamchiliklar borasida amaliy yordam berishni bildirdi.
Ushbu korxonalar mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida ochilishi rejalashtirilgan boʼlib, hozirda tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
26.08.2021
14:36