Chiroqchi tumanida bogʼdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish boʼyicha uchrashuv boʼlib oʼtdi
Chiroqchi tumanida bogʼdorchilik va uzumchilik tez surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Joriy yiling 25 avgust kuni viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari tumanning 3-sektor hududi Olmazor mahallasi aholisi bilan uchrashdi.
Olmazor tumanida uyushtirilgan tashrif davomida tuman hokimining birinchi oʼrinbosari ham bevosita ishtirok etdi. Viloyat hokimi oʼrinbosarining mahalla aholisi bilan boʼlgan uchrashuvida aholi oʼrtasida tomorqachilik madaniyatini yanada yuksaltirish va mahallada uzum etishtirish uchun mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida soʼz yuritildi.
Mahalliy aholining bogʼ yaratish va parvarishlash boʼyicha yetarli bilim va tajribaga ega ekanligi mahallada uzumchilikni rivojlantirish uchun asosiy omillardan biridir.
Ishchi guruhi tomonidan mahalladagi aholi xonadonlarida oʼtkazilgan soʼrovnomalar natijasida 200 nafar aholi vakillari xonadonlari va tomorqalarida uzumchilikka ixtisoslashgan bogʼzorlar yaratish istagini bildirishgan.
26.08.2021
14:45