“Dainty Textile” korxonasi faoliyati yoʼlga qoʼyildi
Chirchiq shahrida 2-sektorda joylashgan kichik sanoat zonasida toʼqilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Dainty Textile” MChJ loyihasi ishga tushirildi.
Ushbu loyiha hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan boʼlib, umumiy qiymati 3 milliard 767 million soʼmni tashkil etadi. Loyihani moliyalashtirishda 1 milliard 167 million soʼm tadbirkorning oʼz mablagʼlari hisobidan, qolgan 2 milliard 600 million soʼm mablagʼlar Ipoteka bank АTIB Chirchiq shahar filiali resurslari hisobidan moliyalashtirildi.
Mazkur loyihani ishga tushirish orqali 30 nafar yangi ish oʼrinlari tashkil etildi.
Loyihadan yiliga 8 ming dona qiymati 1 milliard 260 million soʼmlik mahsulotlar ishlab chiqarish hamda byudjetga qoʼshimcha 70 million soʼm mablagʼni tushirish koʼzda tutilgan.
26.08.2021
15:42