Ochiq muloqotlar davom etmoqda
Qibray tuman hokimi va tuman prokurori boshchiligida tuman xokimi oʼrinbosarlari, tuman tijorat banklari hamda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi bilan birgalikda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish istagida boʼlgan fuqarolar bilan navbatdagi "Ochiq muloqot" boʼlib oʼtdi.
Qibray tumanida oʼtkazilgan navbatdagi Ochiq muloqotda Mutasaddilar tomonidan 30 ga yaqin tadbirkorlarning turli yoʼnalishlardagi murojaatlari atroflicha oʼrganildi. Tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
27.08.2021
11:34