Jizzax viloyatida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʼqitish davom etmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi qoshida tashkil etilgan, “Jizzax biznes maktabi” NTM bilan xamkorlikda, muxtaram Prezidentimizning 2020-yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-sonli ”Аxolini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi qarori bilan tasdiqdan oʼtgan “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili dasturi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlik asoslari oʼquv kurslari 48-soatni tashkil etadi. Oʼquv kurslarini bitirgan yoshlar va ayollar “Jizzax biznes maktabi” NTM dan maxsus sertifikatlar olishlari mumkun. Maxsus sertifikat bilan Xalq banki, Mikrokredit bank va Аgro banklaridan tegishli tartib asosida taʼminotsiz 33 000 000 soʼm miqdorgacha, taьminot bilan 225 000 000 soʼm miqlorgacha imtiyozli kreditlar olishlari mumkin.
Joriy yilning boshidan to xozirgi kunga qadar Jizzax viloyatida ushbu dastur boʼyicha 30 yoshga toʼlmagan yigit va qizlardan jami 4342 nafari tabdirkorlik va biznes kurslarini bitirib maxsus sertifikatlarga ega boʼlishdi va ulardan 1147 nafar yoshlar umumiy hisobda 27 760 000 000 soʼm miqdorda imtiyozli kreditlar olishgan. Xozirda ular parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, issiqxonachilik, xunarmandchilik, bedanachilik, baliqchilik, tikuvchilik, bogʼdorchilik, asalarichilik kabi yoʼnalishlarda faoliyat yuritmoqdalar.
27.08.2021
15:30