“Ishbilarmon ayol” koʼrik-tanlovining Respublika bosqichi boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yoʼlida fidokorona mehnat qilib kelayotgan shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Ishbilarmon ayol” koʼrik-tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi.
Poytahtimizning koʼrkam “Аnhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bogʼida tashkil etilgan koʼrik tanlovda turli yoʼnalishlarda faoliyat yurituvchi bir guruh ayol tadbirkorlar oʼz mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.
Koʼrik tanlovning ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasmiov ham ishtirok etib, hozirgi kunda ayollar bandligini taʼminlash, ularning erkin tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek I.Jasimov koʼrik tanlovning koʼrgazma boʼlimiga ham tashrif buyurib, u yerda ayol tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati bilan tanishdi. Shu bilan birga ishtirokchilar bilan ham samimiy suhbatlashildi.
28.08.2021
13:42