Ohangaron tumanida “Prokuror va tadbirkorlar” uchrashuvi oʼtkazildi.
Toshkent viloyatida tadbirkorlik subʼektlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va toʼsiqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishga koʼmaklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ohangaron tumanida “Prokuror va tadbirkorlar” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda tuman prokurori, tuman hokimi oʼrinbosari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi tuman boʼlinmasi rahbari, Ohangaron tumanidagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri va boshqa mutassaddi tashkilot rahbarlari hamda mahalliy tadbirkorlik subʼektlari ishtirok etishdi.
Bunda 15 nafar mahalliy tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlari oʼrganildi.
Yechimi yuzasidan tegishliligi boʼyicha mutassaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
30.08.2021
10:32