Yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi
Joriy yilning 8 sentyabr kuni Chirchiq shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tashkil etilgan navbatdagi 9-guruh bitiruvchi yoshlariga sertifikatlarni topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Taqdirlash marosimida Chirchiq shahar hokimining birinchi oʼrinbosari va Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufdagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi shahar boʼlinmasi rahbari ishtirok etishdi va ular tomonidan oʼquv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan 22 nafar yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Endi yoshlar sertifikatlarga asosan imtiyozli kredit olib oʼz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʼlga qoʼyishlari mumkin.
10.09.2021
08:51