Qibray tumanida navbatdagi ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Qibray tumanida mahalliy tadbirkorlik subʼektlari va tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagida boʼlgan aholi vakillarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʼrganish maqsadida sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Ochiq muloqotda 20 dan ortiq tadbirkor, yoshlar va aholi vakillarining turli sohalardagi murojaatlari tinglandi. Аksariyat murojaatlar xususan vaqtinchalik foydalanish uchun yer ajratish hamda kredit olishdagi muammolar boʼlib, ularning bir nechtasiga joyida echim topilib, masʼullarga aniq vazifalar berildi va ijrosi sektor rahbarlari nazoratiga olindi.
Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud boʼlmagan murojaatlar boʼyicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi, hamda loyihalarini takomillashtirish boʼyicha amaliy yordam berilishiga kelishildi.
13.09.2021
09:48