“Oʼzbekistonda yoshlar bandligiga koʼmaklashish” loyihasi doirasida tanlov gʼoliblari aniqlandi
Joriy yilning 8-sentyabr kuni Fargʼona shahar “Tadbirkorlar uyi” binosi kichik majlislar zalida, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʼzbekistonda yoshlar bandligiga koʼmaklashish” qoʼshma loyihasi doirasida “Biznesni integratsiyalashgan holda qoʼllab-quvvatlash” dasturining Fargʼona viloyatidan saralab olingan tadbirkorlarga qurilmalarni topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Ushbu dasturda tanlov asosida gʼoliblarga 10 ming АQSh dollarlik dastgohlar topshirishilishi koʼzda tutilgan.
Tanlovda Fargʼona viloyatida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida va oʼz biznesini kengaytirmoqchi boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari, yakka tartibdagi va oilaviy korxonalar ishtirok etdi. Qatnashchilar orasidan 9 nafari gʼolib deb topildi.
Gʼoliblarga zamonaviy qurilmalar, uskunalar, tikuv dastgohlari, texnika va anjomlar topshirildi.
14.09.2021
10:33