Alyona Shalavina boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 16 sentyabr' kuni Rossiya Federasiyasining Volgograd viloyati Eksport uyushmasi direktor o‘rinbosari Alyona Shalavina boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida, Volgograd viloyatining yetakchi kompaniyalari vakillari hamda qurilish, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya va avtomobilsozlik sohasidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida B2B formatida hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.
Shu bilan birga ikki mamlakat ishbilarmonlari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va yuqorida ta'kidlab o‘tilgan sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Hamkorlik uchrashuvlari davomida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
SSP Axborot-xizmati
22.09.2021
12:21