Savdo-sanoat palatasi raisi Vengriyaning "Urban" qandolatchilik fabrikasi rahbari bilan uchrashdi.
Avval xabar berganimizdek, 2021 yilning 23 sentyabr' kuni Vengriya poytaxti Budapesht shaxrida Turkiy tilli davlatlar savdo-sanoat palatalari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Biznes forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi.
Bugun, ya'ni 24 sentyabri kuni Vengriya mamlakatiga tashrif doirasida Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov "Urban"qandolatchilik fabrikasi direktori bilan uchrashdi.
Muloqot davomida, Vengriya bozoriga O‘zbekiston mahsulotlarini, hususan, shisha idishlar, qandolat mahsulotlari,spirtli ichimliklar, elektrotexnika anjomlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Shu o‘rinda chet el tomonidan fabrika hududida o‘zbek mahsulotlari shou-rumini tashkil qilish borasida qiziqishlar mavjudligi ham ta'kidlandi.
SSP Mutbuot xizmati
24.09.2021
15:04