Rossiya delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 23 sentyabr' kuni Rossiya Federasiyasining Tyumen' viloyati Eksport uyushmasi rahbari Saltanat Sibanbaeva boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida, Samarqand viloyati Nurobod tumani Sazagan massivida joylashgan Urgut Erkin Iqtisodiy Zonasi faoliyati, investision jozibadorligi va mavjud loyihalar bilan tanishdi. Shu qatorda, Tyumen' viloyatining yetakchi kompaniyalari vakillari hamda sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va lizing sohasidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida V2V formatida hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.
Shu bilan birga ikki mamlakat ishbilarmonlari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va yuqorida ta'kidlab o‘tilgan sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Hamkorlik uchrashuvlari davomida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
27.09.2021
11:34