Navoi viloyatida "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi
Joriy yilning 22 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasining Navoi viloyat hududiy boshqarmasi va Xatirchi tuman hokimligi yoshlarni jalb qilgan xolda "Yoshlar:1+1" loyihasining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirdi.
Xabaringiz bor, "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida "Yoshlar:1+1" dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Mazkur o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Sertifikat bilan taqdirlangan yoshlar tadbirkorlik uchun kreditlar olish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
27.09.2021
14:43