Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahri hududiy boshqarmasi va tuman hokimliklari tashabbusi bilan Bektemir, Mirobod, Shаyhontohur tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Tashkil etilgan uchrashuvlarda tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan muammolar, yoshlar bandligini ta'minlash, hotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga tadbirkorlarning kredit, chorvachilik, ijara, lisenziya va yer olish masalalarida murojaatlari tegishli tartibda tahlil qilindi.
Ta'kidlash lozimki Poytaxt tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarning barchasida shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutasaddilari va tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari direktorlari ishtirok etishdi.
27.09.2021
17:19