Yoshlar:1+1" dasturi doirasida ish boshlagan “Yosh tadbirkorlar” faoliyati taxlil qilindi.
Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Yoshlar daftari”i ro‘yxatida turgan yoshlarni hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan ayollarni tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘qitilib, kredit olib hozirgi kunda o‘z faoliyatini boshlaganlarning monitoringi amalga oshirildi.
Zafarobod tuman hududida “Yoshlar daftari”dagi yoshlar soni 432 nafarni tashkil etadi. Shundan kursni muvaffaqqiyatli tamomlab, sertifikat olgan yoshlar soni 404 nafarni tashkil etmoqda.
Shu jumladan xozirgi kunda kredit olib, o‘z tadbirkorligini boshlagan yoshlar soni 76 nafarni tashkil etadi. Yosh tadbirkorlarning faoliyatini o‘rganish uchun ular bilan suxbatlashildi. Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
Xududlarda yosh tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish davom etmoqda.
28.09.2021
08:55