Rossiya delegatsiyasining Jizzax viloyatiga tashrifi
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Erkin iqtisodiy zonasiga Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidan delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad Jizzax va Tyumen oʼrtasida uzviy aloqalarni yoʼlga qoʼyishdan iboratdir. Tashrifda asosan АO «TАLK», «Topol-Eko», Fabrika «Kontsept», IP “Sitnikova YevroSibDom”, “Neo Kompozit” kompaniya rahbarlari ishtirok etishdi.
Jizzax viloyatidan ishtirok etgan tadbirkorlar asosan tibbiy niqoblar, xalatlar va tibbiyotda qoʼllaniladigan ximoyalovchi vositalarga oʼz qiziqishini bildirdi. Shuningdek, “Аrnasoy-gold tekstil” korxonasi tomonidan bir necha takliflar bilan birgalikda xamkorlikni yoʼlga qoʼyish istagi bildirildi.
Tadbir yakunida Jizzaxlik tadbirkorlar va Rossiya delegatsiyasi oʼrtasida hamkorlik borasidagi masalalar yana bir bora tor doirada muhokama etilishiga kelishib olindi.
30.09.2021
09:30