Oʼzbekiston va Sankt-Peterburg tadbirkorlari oʼrtasida B2B formatida uchrashuvlar oʼtkaziladi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2021 yil 8 oktyabrda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mexmonxonasining “Crystal Ballroom” zalida Sankt-Peterburg tadbirkorlari va Oʼzbekiston ishbilarmon doiralari oʼrtasida B2B formatida biznes uchrashuvlar oʼtkaziladi.
Bunda quyidagi yoʼnalishlarda Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirok etishi koʼzda tutilgan.
- qurilish,
- energetika,
- tibbiyot,
- havoni tozalash sohasi,
- mineral oʼgʼitlar,
- suv sohasida loyihalashtirish,
- axborot texnologiyalari,
- savdo tarmoqlari,
- restoran va umumiy ovqatlanish
Mazkur tadbirda ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar ishtirokchi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni (korxona nomi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomi, ishtirokchining ism-sharifi, lavozimi, telefon raqami) 2021 yil 7 oktyabr kuni soat 15:00 ga qadar Palataning Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron manziliga yuborishlarini soʼraymiz.
Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun Palataning Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi masʼul xodimi Xusanboev Yoʼldoshaliga +99897-771-62-91 telefon raqami orqali bogʼlanish mumkin.
05.10.2021
18:45