Ohangaron shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarini qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va toʼsiqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishga koʼmaklashish maqsadida har bir tuman shaharda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ohangaron shahar 3 sektor shtabida navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Bunda Ohangaron shahar IIB boshligʼi, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Ohangaron shahar boʼlinmasi rahbari va Ohangaron shahridagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri tomonidan tadbirkorlarning muammolari tinglandi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan barcha muammo va murojaatlar yuzasidan tushunchalar va tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilgan holda, ijrosi nazoratga olindi.
Mutassaddi tashkilot rahbarlari tomonidan mahalliy tadbirkorlarga bugungi kunda joriy etilgan imtiyozlar, tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qolaversa, tadbirkorlarga beriladigan imkoniyatlar toʼgʼrisida tushunchalar berildi.
06.10.2021
09:06