Shayhontohur tumanida muammolar oʼrganilmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston respublikasi qonunining 5-moddasida “Savdo-sanoat palatasi xodimlariga yuklatilgan vazifalar koʼrsatilgan boʼlib, unga koʼra: tadbirkorlik subʼektlariga biznesni tashkil etish, yuritish hamda rivojlantirishda yordam koʼrsatish, davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek bozor infratuzilmasi subʼektlarining barcha turdagi xizmatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va imkoniyat berish, maslahat yordami koʼrsatish hamda axborot bilan taʼminlash asosiy vazifalari”mizdan biri etib belgilangan.
Yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida OʼzR Savdo-sanoat palatasi Shayhontohur tuman boʼlimi boshligʼi va xodimlari joylarga chiqgan holda tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qilmoqdalar.
Uchrashuvlarning birida, oʼzlariga tegishli boʼlgan ishlab chiqarish hududida “OSIYO BETON BONUS SERVIS” MChJ Rahbariyati bilan ularning muammolari oʼrganildi, ularni palataga aʼzolikka taklif qilindi va shu yerning oʼzida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
Shayxontohur tumanida roʼyxatda turuvchi, ammo bank hisob raqami Toshkent shahar Mirobod tumanidagi “Xalq banki”da boʼlgan yana bir tadbirkorning muammosi oʼrganib chiqildi va hal qilindi.
Bank xodimlari va tadbirkor boʼlgan ayol oʼrtalaridagi yuzaga kelgan tushunmovchiliklar, OʼzR Savdo-sanoat palatasi Shayhontohur tuman boʼlimi boshligʼi va xodimlari yordamida barham topdi.
07.10.2021
09:08