Аyollar muammolarini tizimli ravishda xal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha Shayhontoxur tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy maʼlumot
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2021 yil 28 apreldagi 250-sonli qaroriga muvofiq “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha ishlab chiqilgan “Vaqtinchalik tartib”ga koʼra, ayollar muammolarini oʼrganish boʼyicha oʼtkazilgan anketa soʼrovnomalariga binoan, 2021 yil 2-bosqichida 69.230 nafar xotin-qizlar orasidan belgilangan tartibga koʼra 6,0%yaʼni, 4147 nafar ayollarga “Аyollar daftari” shakllantirildi.
Shuningdek, tumandagi mavjud 51 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari kesimida “Vaqtinchalik tartib”ga muvofiq, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 4147 nafar xotin-qizlarning 9 toifa boʼyicha raqamli hamda manzilli maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan 4147 nafar xotin-qizlar “Аyollar daftari”ga kiritilgan va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2021 yil 28 apreldagi 250-sonli qaroriga muvofiq “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha ishlab chiqilgan “Vaqtinchalik tartib”ga asosan “Yoʼl xarita”si ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Shayxontoxur tumani boʼyicha mavjud 51 ta mahallada “Аyollar daftari”ga kiritilgan 4147 nafar xotin-qizlarning har biri uchun tegishli xujjatlar jildi va shaxsiy papkalari tayyorlandi.
“Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish yuzasidan manzilli rejalar ishlab chiqildi va toʼliq yuritildi.
“Аyollar daftari”da roʼyxati shakllantirilgan 4147 nafar xotin-qizlar muammolarini hal qilish ishlari 9 ta yoʼnalish orqali amalga oshirildi.
Mazkur maʼlumotnomaga asosan;
1-toifa. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar -501 nafar;
19 nafari kasb-hunar olmoqchi boʼlgan ayollar,
18 nafari kredit olib tadbirkorlik qilmoqchi boʼlgan ayollar.
2-toifa. Boquvchisini yoʼqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar - 278 nafar;
3-toifa. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar - 227 nafar;
4-toifa. Uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar - 0 nafar;
5-toifa. Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʼzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʼlmagan xotin-qizlar - 18 nafar;
6-toifa. Qaramogʼida bir va undan ortiq I va II guruh nogironligi boʼlgan bolalari mavjud yolgʼiz xotin-qizlar- 36 nafar;
7-toifa. Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar- 2153 nafar;
8-toifa. Xuquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar- 369 nafar;
9-toifa. Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar- 565 nafarni tashkil etdi.
Tuman boʼyicha “Аyollar daftari”ga kiritilgan 4147 nafar xotin-qizlar muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida yilning II-yarim yilligida yakunlash choralarini koʼrish boʼyicha manzilli ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.
2021 yil iyulь-sentyabr oylarida “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1-toifadagi ijtimoiy himoyaga muxtoj ishsiz ayollar soni reja boʼyicha 501 nafar boʼlib, bugungi kunda 501 nafar xotin-qizlarga amaliy yordam koʼrsatilgan (100%). Jumladan:
464 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.
Jami 18 nafar ayollar, shundan 17 nafar ayollar “Xalq banki”, 1 nafar ayol “Аgrobank” tomonidan tadbirkorlik bilan shugʼullanishi uchun 375,9 mln soʼm kredit mablagʼi berildi. Shundan:
Tikuvchilik yoʼnalishi boʼyicha 6 nafar ayollarga 135,6 mln soʼm;
Qandolatchilik yoʼnalishi boʼyicha 8 nafar ayollarga 160,8 mln soʼm
Quyonchilik yoʼnalishi boʼyicha 1 nafar ayolga 36,0 mln soʼm;
Kosmetologiya yoʼnalishi boʼyicha 1 nafar ayolga 33,2 mln soʼm;
Maishiy xizmat yoʼnalishi boʼyicha 2 nafar ayollarga 10,3 mln soʼm.
Taʼkidlash joizki, tadbirkorlik yoʼnalishida oʼz ish faoliyatini yuritayotgan 18 nafar ayollar tomonidan 20 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratilgan. Eng koʼp talab “Tikuvchilik” va “Qandolatchilik” yoʼnalishlariga qaratilayotgani eʼtiborga molikdir.
2-toifadagi boquvchisini yoʼqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi boʼlmagan, qoʼshimcha moddiy yordamga muhtojlar) va
3-toifadagi ijtimoiy yordamga muhtoj I-guruh, II-guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar soni reja boʼyicha jami 505 nafar boʼlib, ularga belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt baravari yaʼni, 980.000 soʼm miqdorida bir martalik yordam ajratish belgilanib, buning uchun umumiy hisobda jami 494.900,0 mln. soʼm moddiy yordam berish boʼyicha roʼyxat shakllantirilgan edi. Biroq, 2-, 3- va 4-sektorlardan 3-toifadan 3 nafar ayollar bevaqt vafot etganligi sababli, roʼyxatdan chiqarildi. Shunga koʼra, “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tomonidan jami 502 nafar ayollarga bir martalik moddiy yordam puli tarqatildi.
4-toifadagi uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I-guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar aniqlanmagan. Shunga koʼra koʼrsatkich - 0%.
5-toifadagi noturar joylarda istiqomat qilayotgan yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turur joy mavjud boʼlmagan xotin-qizlar soni reja boʼyicha 18 nafar xotin-qizlar boʼlib, bugungi kunda 18 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar berilgan.
Jumladan:
16 nafar ayol uch tomonlama shartnoma imzolagan. Ularga belgilangan tartibda ijara kompensatsiya pullarini toʼlash choralari koʼrilmoqda.
2 nafar ayol oilaviy sharoitiga asosan ijara uyda yashashdan bosh tortib, oʼz-xoxish istagiga koʼra“Аyollar daftari”dan chiqarilish istagini bildirdi.
6-toifadagi qaramogʼida bir va undan ortiq nogironligi boʼlgan bolalari mavjud yolgʼiz ayollar soni reja boʼyicha 36 nafar boʼlib, ularning xar biriga belgilangan tartib asosida 980,0 ming soʼmdan “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hisobidan jami 35 280 000 mln. soʼm miqdorida bir martalik yordam puli berildi (100%).
7-toifadagi tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar soni reja boʼyicha 2153 nafar boʼlib, bugungi kunda ularning barchasiga manzilli tibbiy yordamlar koʼrsatildi (100%).
8-toifadagi huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar soni reja boʼyicha 337 nafar boʼlib, bugungi kunda 369 nafar xotin-qizlarga toʼliq huquqiy yordamlar koʼrsatildi (100%).
9-toifadagi Psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar soni reja boʼyicha 565 nafar boʼlib, bugungi kunda ularning barchasiga psixologik yordamlar koʼrsatildi (100%).
Shuningdek, 3 toifadan - 3 nafar, 7 toifadan - 21 nafar ayollar vafot etganligi maʼlum qilinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 28 apreldagi 250-son qaroriga muvofiq, “Аyollar daftari”ga kiritilgan dori-darmonga muhtoj 342 dan ziyod ayollarga dori-darmon uchun 447 379 409 soʼm miqdorida moddiy yordam koʼrsatildi va 96 nafar xotin-qizlarga tibbiy muassasalar uchun orderlar taqdim etildi.
“Аyollar daftari” yuritilishi mobaynida, oʼrganishlar jarayonida bir qator xotin-qizlarning muammolari xal etildi. Yillar mobaynida yechimini kutayotgan masalalar qator tashkilotlar tomonidan oʼrganilib, oʼz yechimini topdi.
“Аyollar daftari”ning yoʼnalishlar boʼyicha olib borilgan ishlar va rasmiylashtirilgan hujjatlarni tahlilidan kelib chiqib, barcha yoʼnalishlar boʼyicha bajarilgan ishlarni, koʼrsatilgan yordamlarni tasdiqlovchi hujjatlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 28 apreldagi 250-sonli Qaroriga muvofiq 2-Ilovadagi “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtiomiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha VАQTINChА TАRTIB talablari va tavsiyalari asosida rasmiylashtirildi.
“Аyollar daftari” bilan ishlash tizimining 2-bosqichida ham roʼyxatga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishda turli tashkilotlardan biriktirilgan masʼullarning vazifalarini tuman Kasaba uyushmasi doimiy ravishda nazorat qilib bordi va barcha amaliy ishlar tuman Kasaba uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirildi.
07.10.2021
11:57