Yangiyoʼl shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi asosida oʼqib sertifikat olgan yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4862-sonli Qarori hamda joriy 2021 yil 4 oktyabr kunidagi Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan birgalikda oʼtkazilgan yigʼilish 29-sonli bayonida qoʼyilgan vazifalarni bajarish maqsadida Yangiyoʼl shahrida joriy yilning 6 oktyabr kuni "Yoshlar 1+1" dasturi asosida oʼqib sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari, “Аgrobank” Yangiyoʼl filiali oilaviy tadbirkorlik va kreditlash boʼlimi boshligʼi, “Mikrokreditbank” Yangiyoʼl filliali boshqaruvchisi, “Xalq banki” boshqaruvchi oʼrinbosari, Yangiyoʼl shahar va tuman TKM raxbarlarii, Yangiyoʼl shahar yoshlar ishlari agentligi boʼlinmasi raxbari hamda "Yoshlar:1+1" dasturi asosida oʼqib sertifikat olgan va imtiyozli kredit ajratilmagan 30 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: Bugungi kunda Yangiyoʼl shahrida 367 nafar yoshlar tadbirkorlik asoslariga oʼqib sertifikat olgan. Shundan 147 nafariga 5,47 mlrd.soʼm imtiyozli kreditlar ajratilgan, 32 nafar yoshlar oʼz arizalariga asosan kredit olishni rad etgan, 10 nafar yoshlar kredit olish jarayonida va 178 nafari esa kredit olmagan. Yangiyoʼl tumanida ham huddi shu koʼrsatgichlar qayd etilgan.
11.10.2021
10:12