• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar boʼyicha qoʼmita raisi Y.D.Grigoryev boshchiligidagi delegatsiya tashrifi

    2021 yil 5-7 oktyabr kunlari Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar boʼyicha qoʼmita raisi Y.D.Grigoryev boshchiligidagi delegatsiya tashrifi uyushtirildi.

    Tashrif davomida, delegatsiya Samarqand shahridagi (Konigil sayyohlar qishlogʼi) Hunarmandchilik markaziga tashrif buyurdi, u yerda chet el tomoniga xalq hunarmandchiligini saqlash va xunarmandchilikni qoʼllab-quvvatlash maqsadida Oʼzbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Shuningdek, joriy yilning 6 oktyabrida Samarqand viloyati Hokimi E.Turdimov uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv chogʼida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni, shuningdek, mehnat migratsiyasi, turizm va madaniyat sohasidagi oʼzaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlikning bir qator yoʼnalishlari, xususan Oʼzbekistonlik muhojirlarni kelgusida Sankt-Peterburgda joylashgan korxonalarda oʼz ish faoliyatini olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida ularni kasb xunarga oʼqitish, shuningdek Rossiyalik mutaxassislarni jalb kilgan holda, Oʼzbekistonning Samarqand viloyatidagi monomarkazni yanada rivojlantirish kabi masalalari belgilab olindi.

    Hududlararo hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida joriy yilning 6 oktyabrida Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasida Samarqand va Sankt-Peterburg ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar boʼlib oʼtdi, natijada turizm, qurilish sohasida, shuningdek qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish kabi qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha kelishuvlarga erishildi.

    Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi uchun ipak gilam ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif tashkil etildi. Kelgusida gilamlar va korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
    Shu bilan birga, Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyati va boy merosi bilan tanishish maqsadida, joriy yilning 6 oktyabrь kuni Sankt –Peterburg delegatsiyasi aʼzolari uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashriflar uyushtirildi.

    Shuningdek, 8 oktyabr kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Sankt-Peterburg va Oʼzbekiston Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes -forumning yalpi majlisi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvdan koʼzlangan asosiy maqsad, ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirishdagi aloqalarni mustahkamlash boʼldi.

    Sankt-Peterburg tomonidan Tashqi aloqalar qoʼmitasi raisi Y.D. Grigoryev, Sankt-Peterburg shahar mehnat va bandlik qoʼmitasi raisi D.S. Cherneyko, shuningdek, Sankt-Peterburg masʼul vazirliklari va idoralari va ishbilarmon doiralarining boshqa vakillari ishtirok etishdi.

    Uchrashuvda Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Shuningdek, Oʼzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy institutlarni erkinlashtirish, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, iqtisodiyot va ishbilarmonlik muhitining shaffofligini oshirish va boshqa islohotlar sohalarida sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

    Muloqot chogʼida tomonlar kelgusida oʼzaro amaliy hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab olishdi. Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʼyicha birgalikdagi ishlarni faollashtirish toʼgʼrisida kelishuvga erishildi.

    Ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro masalalar boʼyicha pozitsiyalarining yaqinligi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Oʼzaro hamkorlik salohiyati juda katta. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, innovatsion rivojlanish, turizm va biznes sohasidagi tashabbuslarni ilgari surish mexanizmlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

    Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi va oʼzaro savdoning ijobiy dinamikasini qayd etishdi.
    Tadbir soʼngida, tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yoʼnalishlari doirasida keyingi amaliy harakatlarni belgilab olishdi.

    SSP Axborot-xizmati 

    11.10.2021

    10:33

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06