Bekobod shahrida "Yoshlar: 1+1”dasturi doirasida tashkil qilingan oʼquv-kurslarining 8-guruh bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Bekobod shahrida “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tashkil qilingan oʼquv kurslarining 8-guruhini muvaffaqiyatli tamolagan 18 nafar yoshlarga sertifikatlar topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Bekobod shahar davlat xizmatlari markazi boshligʼi, Bosh vazir qabulxonasi rahbari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Bekobod shahar boʼlinmasi bosh mutaxassisi ishtirok etdi.
Endi yoshlar sertifikatlarga asosan imtiyozli kredit olib oʼz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʼlga qoʼyishlari mumkin.
11.10.2021
10:47