"Yoshlar:1+1" dasturi doirasida ishsiz yoshlarni tadbirkorlika oʼqitish boʼyicha oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi
Yunusobod tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida "Yoshlar:1+1" dasturi doirasida ishsiz yoshlarni tadbirkorlika oʼqitish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi Yunusobod tumani boʼlimi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar uchun tadbirkorlik va biznesni ochish hamda rivojlantirish boʼyicha maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Hozirda 32 nafar yosh boʼlajak tadbirkorlar maxsus oʼquv kurslarida muntazam ishtirok etmoqda.
Oʼquv kurslardan koʼzlangan asosiy maqsad, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish va ularni kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatida zarur boʼlgan bilim va koʼnikmalarni oshirishdan iborat.
11.10.2021
10:54