Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan xorijda savdo uylarini tashkil etish masalalari boʼyicha onlayn muloqot tashkil etildi
2021 yil 12 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari masʼul xodimlari uchun “Oʼztreyd” АJ bilan hamkorlikda chet elda milliy savdo uylarini tashkil etish boʼyicha onlayn muloqot onlayn muloqot boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda yangi eksport bozorlariga chiqish, resupblikamizdan xorijiy davlatlarga milliy mahsulotlar eksportini yanada oshirish, milliy brendlarni ushbu bozorlarda keng targʼib qilish maqsadida chet elda savdo uylarini tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy masalalari muhokama etildi.
Hozirda “Uztreyd” АJ xorijiy davlatlarda savdo uylarini muvaffaqiyatli tashkil etib kelmoqda va bugungi kunda Osiyo, АQSh, Yevropa davlatlarida oʼz savdo uylariga ega.
Muloqot davomida “Uztreyd” АJ masʼul vakillari savdo uyi ochish tartibi, huquqiy asoslari, imtiyozlar va imkoniyatlari tomonidan batafsil toʼxtalib oʼtdilar.
Tadbir davomida Palataning hududiy Eksport shoʼʼba mudirlari xorijda savdo uylari ochish boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, tadbir yakunida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Uztreyd” АJ hamkorlikda chet elda savdo uylari ochish boʼyicha mahalliy tadbirkorlik subʼektlari ishtirokida ham onlayn uchrashuv oʼtkazishga kelishib olindi.
12.10.2021
18:48