Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yaponiyaning “ROTOBO” tashkiloti bilan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi
201 yil 13 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yaponiyaning “ROTOBO” tashkiloti oʼrtasida Markaziy Osiyo virtual koʼrgazmasi (SAVEX II) doirasida Oʼzbekistonning ishtiroki boʼyicha tashkiliy masalasi muhokama etildi.
“SАVEX II” virtual koʼrgazmasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, respublikamiz mahalliy tadbirkorlarining investitsion va eksport salohiyatini namoyish etish, ularning virtual stendlarini takshil etish va milliy brendlarimizni xorijiy hamkorlar orasida keng tatbiq etish hamda tashkiliy masalalar koʼrib chiqildi.
Virtual koʼrgazmani tashkil etishdan koʼzlangan maqsad, pandemiya sharoitida dunyoda roʼy berayotgan iqtisodiy inqirozga qaramasdan Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasida oʼzaro savdo va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, Yaponiyaning yetakchi investitsion kompaniyalarini mamlakatimizga jalb qilish hamda Yaponiya bozoriga mahalliy mahsulotlarimizni eksport qilishga qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
13.10.2021
17:26