Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Vengriya Innovatsion klasteri delegatsiyasi bilan uchrashuv oʼtkazildi.
2021 yil 14 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida Vengriyaning yetakchi Innovatsion klasteri Bosh menejeri Marta Sarkanya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Tomonlar oʼrtasida sanoat, АKT, uzumchilik, turizm, innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlik qilish hamda xususiy sektor korxonalari menejer va xodimlari uchun Vengriya kompaniyalarida tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Muloqot yakunida Tomonlar oʼrtasida biznes delegatsiyalarning sanoat, АKT, qishloq xoʼjaligi sohasida hamda startap loyihalarni amalga oshirishda oʼzaro tashriflarini tashkil etishga va bu sohalarda toʼplangan amaliy tajriba almashishga kelishib olindi.
14.10.2021
21:24