Tovar belgilarini (Brendni) rivojlantirish istiqbollari mavzusida vebinar oʼtkazildi
2021 yil 15 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʼz “brend”lari, tovar belgilari va nomlarini xalqaro roʼyxatdan oʼtkazish masalalari” mavzusidagi vebinar tashkil etildi.
Vebinar Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari mahalliy tadbirkorlik subʼektlari uchun tashqil etildi.
Vebinarda Аgentlikning brendlarni xalqaro darajada roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha yetakchi ekspertlari Dustyarov Foziljon hamda Zufarova Dilorom tomonidan mahsulotlarni brendga aylantirish va tovar belgisini mahalliy va xalqaro darajada roʼyxatdan oʼtkazishga oid taqdimotlar oʼtkazilib, bunda tovar belgilarini roʼyxatdan oʼtkazishga qoʼyiladigan talab va shartlar, roʼyxatdan oʼtkazish tartibi va boj toʼloavlari, shuningdek, ushbu sohada respublikamizda tadbirkorlik subʼektlarining brendlarini roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha berilgan imtiyozlar toʼgʼrisida batafsil tushuntirildi.
Tadbir yakunida Intellektual mulk agentligi ekspertlari tomonidan tadbirkorlarni tovar belgilari va brendlarni roʼyxatga olish hamda huquqiy muhofazasini taʼminlash borasidagi savollariga javoblar berildi.
15.10.2021
13:00