Tovar belgilarini (Brendni) xalqaro roʼyxatdan oʼtkazish masalalari mavzusida vebinar oʼtkaziladi
2021 yil 19 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʼz “brend”lari, tovar belgilari va nomlarini xalqaro roʼyxatdan oʼtkazish masalalari” mavzusidagi vebinar tashkil etilmoqda.
Mazkur vebinarda mahsulotlarni brendga aylantirish va tovar belgisini mahalliy va xalqaro darajada roʼyxatdan oʼtkazishga qoʼyiladigan talab va shartlar, roʼyxatdan oʼtkazish tartibi va boj toʼlovlari, shuningdek, ushbu sohada respublikamizda tadbirkorlik subʼektlarining brendlarini roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha berilgan imtiyozlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berish koʼzda tutilgan.
Ushbu vebinarda ishtirok etish istagidagi mahalliy tadbirkorlik subyektlari takliflarini (korxona nomi, manzili, ishtirokchi F.I.Sh., faoliyat yoʼnalishi, aloqa uchun telefon raqamlar) 2021 yil 18 oktyabrga qadar Palataning Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishingiz soʼraladi.
Vebinar havolasi boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot olish uchun Palataning Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi masʼul xodimi Xusanboev Yoʼldoshaliga +99878-150-60-06 (1849) telefon raqami orqali bogʼlanish mumkin.
15.10.2021
15:55