Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.
Tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va toʼsiqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishga koʼmaklashish maqsadida Nurafshon shahar hokimi oʼrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boʼlimi boshligʼi hamda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Nurafshon shahar boʼlinmasi menedjeri bilan hamkorlikda kichik sanoat zonasida joylashgan mebelь ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanuvchi “Obod mebellar” xususiy korxonasi va “EKO INNOVAFRUIT” MChJlar faoliyati bilan tanishildi.Holat yuzasidan mavjud muammolar oʼrganildi va yechimi yuzasidan tegishli mutassaddi tashkilotlarga topshiriq berildi.
18.10.2021
09:16